Qozoğiston “Jusan” maxsus gumanitar operatsiyasining navbatdagi bosqiçi doirasida Suriyadagi jangovar harakatlar hududlaridan 171 bolani qaytardi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ma'lum qildi.

“Mening topşiriğimga köra 28 maydan 31 maygaça “Jusan” operatsiyasining yakunlovçi 3-bosqiçi ötkazildi. Suriyadan yurtdoşlarimizning navbatdagi guruhi qaytarildi. Qozoğiston davlat tuzilmalarining işi va xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlik evaziga jangovar harakatlar hududlaridan 171 bola qaytarildi”, deb aytilgan Toqayevning bayonotida. 

Bolalar Qozoğistonga qaytarilgaç maxsus moslaşuv markaziga joylaştirilgan. Ular bu yerda reabilitatsiyadan ötişadi va barça zaruriy yordamni olişadi.

Toqayev operatsiyaning barça iştirokçilari – maxsus xizmatlar xodimlari, diplomatlar, harbiylarga minnatdorlik bildirgan. 

Öz navbatida Qozoğiston prezidentining maslahatçisi Yerlan Karin öz Telegram-kanalida ötkazilgan operatsiya doirasida bolalar bilan birga 67 ayol ham evakuatsiya qilinganini ma'lum qilgan.

Eslatib ötamiz, 30 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriği bilan 156 nafar vatandoşimiz Yaqin Şarqdagi qurolli harakatlar davom etayotgan nuqtalardan Özbekistonga qaytarildi.