Şaharda joy yetişmasligi muammosi aholisi tez sur'atlarda ösayotgan mamlakatlar uçun ayniqsa dolzarb. Biroq odatiy megapolislar bu jarayonda hajm jihatdan kengaygani bois keçagi provinsiyalar hududini ham qamrab olsa, Singapur kabi hududi qat'iy çeklangan şahar-davlatda bunday imkoniyatga ega emas. Sun'iy orollarni quriş ayrim qiyinçiliklarni bartaraf  etişga yordam beradi. Biroq u şahardagi asosiy muammo – böş joyning yetişmasligini hal etmaydi. Bu kabi murakkab jarayonlarda aholi turar-joylarining asta-sekin yer ostiga «şönğişidan» özga çorasi qolmaydi.

Travelask.ru Singapurdagi ana şunday holat haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.

Foto: TravelAsk

Megapolislarda yer ostiga nafaqat metro yöllari, balki turli maqsadlar uçun möljallangan köplab inşootlarni joylaştiriş tajribasi butun dunyo böylab keng tarqalgan. Mintaqaning geologik şaroitlari mos kelgan hududlarda yer ostidan ham foydalanilmoqda. Ilğor arxitektorlar esa yer ostidagi navbatdagi loyihani amalga oşiriş huquqini qölga kiritişga intilişmoqda. Bu nafaqat qiziq, balki obröli hamdir. Axir bunday obektlar kelajakda şaharning jozibasiga aylanadi. Asosan şahar maydonlari va boğlari ostida turli savdo hamda köngiloçar markazlar, avtomagistrallar, avtoulovlar töxtaş joylari, kam hollarda esa ofis binolari yaşiringan. Masalan, Xelsinkida yer ostida nafaqat savdo markazlari, balki sport maydonçalari ham joylaşgan bölsa, Seul ostida bir vaqtning özida bir neça madaniy-köngiloçar va savdo markazlari barpo etilgan.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Singapur esa bugungi kunda jami maydoni 724 kv. km teng bölgan orollargagina ega. Şahar-davlatning aholisi 5,8 million kişidan ortib bölgan va bu körsatkiç ösişda davom etmoqda. Qöşni mamlakatlardagiga qaraganda iqtisodiyotning tezkor sur'ati va hayotning yuqori darajasi Janubi-şarqiy Osiyo davlatlaridan köplab migrantlarni uşbu mamlakatga jalb etadi. Aynan şu sababli, şuningdek, aholining tabiiy barqaror ijobiy ösişi tufayli 2030 yilga kelib, aholi soni 7 millionga yetadi. Şuning uçun bu yerda yangi turar-joy mavzelari, avtomobil töxtaş joylari va ijtimoiy obektlarni joylaştiriş tobora dolzarb tus olmoqda.