Erkaklar ayollarga qaraganda tezroq ozişadi. Bu fakt parhezşunoslar tomonidan isbotlanganiga ança bölgan. Yillar davomida özingizni parhezlar bilan holsizlantirişingiz, sport zalida soatlab ter tökişingiz mumkin, biroq natija sezilarli bölmaydi. Nima uçun ayrim kişilar tez ozişadi, boşqalarda esa bu jarayon muvaffaqiyatsiz keçadi? Ehtimol, bunga gormonlar aybdordir.

Gormonlarning ta'siri
«Kamroq iste'mol qil – köproq sarfla» odati qisman töğri. Ortiqça vaznning asosiy sababi – moddalar almaşinuvi va gormonal muvozanatning buzilişi. Ozişni boşlaşdan avval bajarilişi kerak bölgan narsa – endokrinologga murojaat etiş.
Bugun «bir deganda» ayollarning oza olmasligida qaysi gormonlar aybdorligi va ortiqça yeyiş – xavfli belgi ekani haqida hikoya qiladi. Maqola oxirida esa endokrin patalogiyani istisno qiliş topşiriş kerak bölgan 10 ta tahlil haqida ham ma'lumot mavjud.
Leptin
Bu gormon iştahani nazorat qiladi va quvvat almaşinuvi uçun javob beradi. Uni töyiş va semizlikning asosiy gormoni deb ataşadi. Leptinning past körsatkiçi iştaha ortişini çaqiradi va semizlikka olib boradi. Agar organizm hujayralarida yoğlar köp bölsa – leptin darajasi ortadi. Şu tariqa miyaga «Yeyişni bas qil!» buyruği yuboriladi. Biroq leptinning ortiqçaligi tromboz xavfini yuzaga keltiradi.
Grelin
Oşqozon-içak tizimida işlab çiqariladi va oçlik hissini uyğotadi. Grelin asab tizimini qözğatadi va yurak qon-tomir tizimini himoya qiladi. Agar tez-tez tamaddi qilsangiz, grelin darajasi past böladi. Biroq xavotirlilik va depressiya zöriqişi ortadi. Ovqat bölmaganda gormonning yuqori körsatkiçi xavotirni pasaytiradi. Boşi va oxiri yöq aylana yuzaga keladi – parhezdan keyin iştaha karnay böladi.
Şuning uçun kuniga 4-5 martadan ortiq ovqatlanmaslik kerak. Ulardan 2 tasi yengil tamaddi bölişi lozim. Nonuştaga alohida e'tibor qaratilişi şart.
Estrogen va progesteron
Ayollarning jinsiy gormonlari 45 yoşdan keyin, ayollarda menopauza boşlanganida özini körsatadi. Estrogenning past darajasi qorin sohasida yoğ hujayralari töplanişiga hissa qöşadi. Progesteronning past darajasi organizmni köproq suyuqlik töplaşga majbur qiladi. Öz-özidan tana ölçami ortib boradi.










