30 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan 156 nafar özbekistonlik Yaqin Şarqdagi qurolli harakatlar davom etayotgan nuqtalardan vatanga qaytarildi. 
Respublika maxsus xizmatlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oşirilgan «Mehr» nomli mazkur amaliyot doirasida vatanga qaytarilganlar Toşkent aeroportida kutib olindi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Kun.uz saytida mazkur tadbir jarayonlaridan tayyorlangan «Suriyadan qaytganlar: «Bizni qutqarib oliş oson bölmadi...» sarlavhali xabar naşr etildi. Unda adaşib özga yurtga borib qolgan, oğir hayotiy davrni boşidan ötkazgan insonlarga endilikda hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam körsatilişi, ularning tinç hayotga qaytib, jamiyatga moslaşişlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda iştirok etişlari uçun zarur şaroit yaratilişi ma'lum qilingandi.

31 may kuni Kun.uz muxbiri Toşkent viloyatidagi «Böston» sanatoriyasida bölib, Özbekistonga qaytarilgan vatandoşlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi hamda ular bilan suhbatlaşdi.

Video: Youtube

Video: mover (tas-IX)

Mazkur sihatgoh Toşkent şahridan 30 km uzoqlikda «Zax» kanali sohilida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda joylaşgan. Bu yerga Yaqin Şarqdagi qurolli harakatlar davom etayotgan nuqtalardan Özbekistonga qaytarilgan 156 nafar vatandoşimizdan 154 nafari vaqtinça joylaştirilgan, sil kasalligi bilan oğrigan bir nafar kişi kasalxonaga joylaştirilgan bölsa, Suriya qamoqxonasidan olib kelingan yana bir kişi suriştiruv va tergov işlariga jalb qilingan.

«Biz jang ovozini Suriyaga borganimizning ikkinçi yilida eşitdik...»