Xitoy hukumati Huawei kompaniyasi şikoyatidan söng AQŞning FedEx yetkazib beriş xizmatiga nisbatan tekşiruv boşladi, deb xabar berdi Xinhua agentligi.

Qayd etilişiça, tekşiruvga öziga möljallangan jönatmalar bir neça marta boşqa manzillarga yetkazilgani töğrisida Huawei kompaniyasining şikoyatlari sabab bölgan. Şikoyatlarda aytilişiça, Yaponiyadan yuborilgan jönatma AQŞga, Vetnamdan jönatilgani esa Osiyo mamlakatlaridan biriga yetkazilgan.

Huawei vakillarining sözlariga köra, jönatmalarda hujjatlar bölgan.

Avvalroq Xitoyning Global Times naşri muharriri Xu Sitszin Xitoy hukumati AQŞning Huawei kompaniyasiga nisbatan çeklovlariga javob çoralari tayyorlayotganini aytgandi. Keyinroq Xitoy Amerika kompaniyalarining qora röyxatini tayyorlayotgani ma'lum qilindi.