Jamiyat | 18:30 / 03.06.2019
11294
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik fuqaro gazdan zaharlandi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 3 iyun kuni soat 00.15da Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan.

TIV xabarida aytilishicha, hamyurtlarimiz joylashtirilgan Qarag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limi tomonidan og‘zaki berilgan ma'lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan:

- Husanov Sardor, 20.07.2001 y.da tug‘ilgan;
- Jo‘rayev Valentin, 15.04.1998 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Sharip, 08.02.1973 y.da tug‘ilgan;
- Tochkanov Alisher, 17.10.1996 y.da tug‘ilgan;
- Ne'matov Bahodir, 30.03.1992 y.da tug‘ilgan;
- Elbayev Odil, 12.04.1986 y.da tug‘ilgan;
- Yelbayev Farrux, 02.02.1992 y.da tug‘ilgan;
- Tochkanov Shahzod, 10.03.1999 y.da tug‘ilgan;
- Tochkanov Doston, 24.10.1995 y.da tug‘ilgan;
- Tochkanov Oybek, 15.02.1996 y.da tug‘ilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995 y.da tug‘ilgan;
- Samiyev Azbek, 01.01.1998 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Egamberdi, 25.01.1976 y.da tug‘ilgan;
- Maurutov Izzat, 01.01.1991 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Niyoz, 01.01.1990 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Kobonuyet, 18.04.1982 y.da tug‘ilgan.

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra, mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta'mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Hamyurtlarimiz «maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyatsion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik ensefalopatiya» tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur yurtdoshlarimizdan E.Husanov, I.Maurutov, N.Husanov va K.Husanovga sog‘lig‘ining barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Elchixona tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va murojaat uchun maxsus telefon raqami ochilgan: +77772182020.

Mavzuga oid