AQŞ prezidenti Donald Tramp London meri Sodiq Xonni omadsiz deb atadi.
"London meri lavozimida barça yönalişlarda yomon işlab kelayotgan Sodiq Xon taşrif bilan kelgan Qöşma Ştatlar, heç şubhasiz, Birlaşgan Qirollikning eng muhim ittifoqçisi prezidentiga nisbatan ahmoqona betakalluflik körsatdi. U diqqatini menga emas, Londondagi jinoyatçilikka qaratişi kerak bölgan uzoqni köra olmaydigan omadsizdir", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Şu bilan birga, Tramp London meri Sodiq Xon unga yana bir tanqidçi - Nyu-York meri Bill de Blazioni eslatişini, faqat ularning farqi Xonning böyi pastroq ekanligini aytdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni rafiqasi Melanya hamrohligida Buyuk Britaniyaga davlat taşrifi bilan keldi. Taşrif 5 iyunga qadar davom etadi.












