Kato Lomb, mutaxassisligi kimyogar bölişiga qaramay, dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bölgan va 8 ta tilga tez va ravon tarjima qila olgan. Jami 16 ta tilni tuşungan va şunça tilda işlagan. U yaşagan davrda ovozlar yozilgan audiodisk, skayp va til maktablari bölmaganini ham e'tiborga oliş kerak.

Ğaroyib jihati şundaki, Lomb tillarning köpçiligini mustaqil özlaştirgan. Bu jarayonda u xorijiy tildagi darslik va badiiy adabiyotlar bilan işlagan. Uning yondaşuvi asosini - «tilga töliq şönğiş» tamoyili taşkil etadi.
Kato Lomb tilni örganiş uçun samarali qoidalarni yozgan va özining «Men tillarni qanday örganaman» kitobida bayon qilgan. Xorijiy tillarni örganayotganlar uçun mazkur qoidalar haqida öqiş qiziq böladi:
1. Til bilan har kuni şuğullaniş lozim. Vaqt yetişmaganida mutolaa yoki yangi jumlalarni takrorlaş uçun heç bölmaganda 10-15 daqiqa ajrating. Tongda şuğullaniş ayniqsa samarali.
2. Agar tilni örganiş istagi juda tez kuçsizlansa, maşğulotlarning şaxsiy algoritmini öylab toping. Masalan, biroz maşğulot, keyin esa – biroz musiqa, sayr uçun ozgina tanaffus. Öqib-örganişni taşlab qöymang.
3. Nutq yoki asarning tugal parçasi – biz uçun hamma narsa. Heç qaçon alohida sözlarni örganmang, matndan maksimum darajada foydalaning. Masalan, «strong wind» iborasini yodda saqlagan bölsangiz, sözlardan biri xotirada avtomatik tarzda ikkinçisini çaqiradi.
4. Tayyor iboralarni yozib oliş va nutqda köproq qöllaşga harakat qiliş ayniqsa foydali.
5. Közingiz tuşgan barça narsalar – reklama, qöşiqdan parça, dialog, gazeta maqolalari nomlarini tarjima qiling. Miya va xotira uçun foydali maşğulot.
6. Kiçik matn va dialoglarni yodlaş foydali. Biroq yuz foiz töğri yodlaş kerak.
7. Foydalaniş uçun tayyor bölgan ibora va söz birikmalarini yozib yuring va xotirangizda birinçi şaxs nomidan saqlang.










