Xitoyning Şanxay şahridagi mevalar ulgurji bozori Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Management’da özbek gilosi sotila boşlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Şu munosabat bilan bozorda Özbekistondan 30 tonna hajmda özbek gilosining ilk eskport partiyasini qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Gilos Farğona viloyatidan Şanxay va qöşni provinsiyalar – Çjetszyan va Tszyansuda sotiş uçun yetkazilgan. Marosimga Özbekistonning Şanxaydagi boş konsulligi vakillari bilan bir qatorda 200 dan köproq odam, jumladan Şanxay bojxona ma'muriyati, tadbirkorlar va jurnalistlar taşrif buyurişgan.
“Şanxay aholisi yurtingiz gilosini birinçi marta ta'tib köradi. Şu munosabat bilan, Xitoyda özbek mevalari assortimenti faqatgina kengayib borişi va bizga qovun, uzum, limon va boşqa mahsulotlar yetkazilişiga umid qilib qolaman”, deb aytgan ulgurji bozor boş menejyeri örinbosari Lin Yeta.
Xitoy kompaniyasi özbek gilosining ilk sinov partiyasidan keyin uning importi hajmini Xitoyda ommalaşgan Tmall internet-dökonida sotiş uçun oşirişni rejalaştirmoqda.












