Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida favqulodda holat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida yoğgan kuçli yomğirlardan keyin aeroportning uçib keliş zalini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
AviaSpotter Telegram-kanaliga joylangan videoda zal şiftidan suv tomayotgani, har joy-har joyga suv tomişi uçun çelaklar qöyilganini köriş mumkin.
Suv toşqinlari nafaqat uçib keliş zalida, boşqa zallarda ham, şuningdek, aeroport binosi taşqarisida ham kuzatilmoqda.
Aeroportning yangi terminali 2018 yilning 15 iyunida foydalanişga topşirilgandi. Öşanda yangi terminal barça xalqaro standartlarga javob berişi va eng zamonaviy muhandislik texnologiyalari bilan jihozlangani ma'lum qilingandi.
Toşkentda kuçli yomğir davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda yomğir çoğida olingan, suvga tölgan poytaxt köçalari aks etgan, döl yoğişi manzaralari muhrlangan tasvirlar paydo bölişda davom etmoqda.
Biroz avvalroq Toşkentda kuçli yomğir oqibatida ikkita samolyot öz yönalişini Samarqandga özgartirgani haqida xabar berilgandi.












