Yaqin ikki yil içida yangi tuşunça sifatida yangrayotgan davlat-xususiy şerikçilik sohasi böyiça köplab insonlarda, hattoki yuristlar orasida ham bir qator savollar tuğilmoqda. Mavhumliklar va savollarimizga javob topiş maqsadida Davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantiriş agentligi direktori Ğolib Xoljigitov bilan suhbatlaşdik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
— Davlat-xususiy şerikçiligi özi nima?
— Bu avvalo uzoq muddatli şartnoma, bitimdir. Bu bitimning öziga xos alomatlari şundan iboratki, loyihaning xatari, moliyaviy manbalar ham xususiy sektor zimmasida böladi. Bu moliyaviy manbani olib kirişdan nima manfaatdor degan savol tuğilişi mumkin. Avvalo bu davlatning talabi bor joylarga kiritiladi. Aholi infratuzilmalarini oşirişga qaratilgan sohalar aeroportlar, yöllar, tibbiyot sohasi bölişi mumkin. Bu loyihalar 3 yildan 49 yilgaça böladi. Bu şuni anglatadiki, loyiha murakkabdir. Çunki, vaqtlar ötib köp narsalar, masalan narxlar, iste'molçilar, mamlakat demografiyasi özgarişi mumkin. Şuning uçun, buni puxta tayyorlaş lozim. Loyihani tayyorlaşda ğoyadan boşlab şartnomani imzolaşga 18 oygaça vaqt talab etiladi. Bunga zamonaviy menejment tizimini joriy qiliş ham mumkin.
— Özbekiston bozor iqtisodiyotiga ötganiga salkam 30 yil bölmoqda. Nega aynan hozir bu qonun qabul qilinişga zarurat tuğildi?
— Demak, davlat-xususiy şerikçilik qonunlari, yangi loyihalar dunyoning 130dan ziyod davlatida amalga oşib kelmoqda. Özbekiston, töğrisini aytiş kerak, bu masalada ozroq keç qoldi. Şunga qaramay, işlar tez jadallaşmoqda. Ayrim mamlakatlarda qonun yöq, ayrim mamlakatlarda agentlik yöq. Bizda agentlik taşkil qilingandan 6 oy ötib, qonun taşkil etildi. Mana endi biz ham qonunçilik şakllangan davlatlarga juda ham yaqin keldik. Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 29 aprelda qabul qilingan 4300-sonli qarorda 15ta yirik loyihalar qabul qilindi. 2 milliard dollardan oşiq bölgan bu loyihalar jumlasiga, aeroportlar, yöllar, suv ta'minoti, elektr energiyasi ta'minoti sohalarida böladi. Bu strategik ahamiyatga ega bölgan sohalarda loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan. Investitsiyalarni jalb qiliş uçun asos sifatida işlar olib borilmoqda. Davlat-xususiy şerikçilik sohasining bunga nima daxli bor? Masalan, turizmni olaylik. Turizm uçun avvalo mehmonxonalar quriş kerak. Yöllar yaxşi bölişi kerak, aeroportlar yaxşi bölişi kerak. Bular biznes uçun infratuzilmaning sifatini oşiradi. Bu mahalliy investorlar uçun qulayliklar keltiradi. Masalan, hozir aeroport siğimi 2,5 million yölovçiga möljallangan bölsa, lekin talab 5 million hisoblanadi. 1-2 yil ötib 10 millionga ham yetar, balki.















