Ğolib Xoljigitov 1979 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, moliyaçi, iqtisodçi. 2001 yilda Şimoliy Arizona Universiteti (AQŞ), 2004 yilda Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Harvard Universitetlarini (AQŞ) tamomlagan.

Moliya vazirligida iş faoliyatini 2001 yilda boşlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi monopoliyaga qarşi siyosatni takomillaştiriş ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvçi va Markaz direktori bölgan. 2016-2018 yillarda «UBS Global Wealth Management» korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boşqariş masalasida avtomatlaştiriş va robotlaştiriş xizmatlarni joriy etiş böyiça loyihalar menejyeri (AQŞ) sifatida işlagan.

2018 yildan Ğolib Xoljigitov «Bank of America Merril Lynch» korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari böyiça loyihalar menejyeri (AQŞ) lavozimida işlagan.

Xoljigitov 2019 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi direktori — moliya vazirining örinbosari etib tayinlangan edi.

U endilikda faoliyatini qaysi lavozimda davom ettirişi haqida hozirça ma'lumot yöq.