Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi 4098-sonli qaroriga asosan Ğolib Oblaquloviç Xoljigitov Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligining direktori – Özbekiston Respublikasi moliya vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ğolib Xoljigitov 1979 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, moliyaçi, iqtisodçi. 2001 yilda Şimoliy Arizona Universiteti (AQŞ), 2004 yilda Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQŞ) tamomlagan.
Moliya vazirligida iş faoliyatini 2001 yilda boşlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi monopoliyaga qarşi siyosatni takomillaştiriş ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvçi va Markaz direktori. 2016-2018 yillarda «UBS Global Wealth Management» korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boşqariş masalasida avtomatlaştiriş va robotlaştiriş xizmatlarni joriy etiş böyiça loyihalar menejyeri (AQŞ).
2018 yildan hozirgi kungaça Ğolib Xoljigitov «Bank of America Merril Lynch» korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari böyiça loyihalar menejyeri (AQŞ) lavozimida işlagan.

















