Özbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nişonlaş böyiça OAV uçun brifing bölib ötmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan taşkil etildi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov hayit namozi böyiça qator ma'lumotlarni e'lon qildi.
Xususan, uning sözlariga köra, jamoat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 16 ming 932 nafar içki işlar xodimlari bayram ötadigan obektlarga jalb etildi.
“Içki işlar vazirligi va boşqa mutasaddi taşkilotlar tomonidan körilgan çora-tadbirlar natijasida hayit namozini joylarda tartibli, tinç-osoyişta ötişi ta'minlandi”, - dedi u.

















