Özbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nişonlaş böyiça OAV uçun brifing bölib ötmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan taşkil etildi.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov hayit namozi böyiça qator ma'lumotlarni e'lon qildi.

Ramazon hayitining birinçi kuni, 5 iyun respublikada faoliyat körsatayotgan 2057 ta masjiddan 1983 tasida 2 million 200 mingdan ziyod fuqarolar hayit namozini öqidi.

Jumladan, Andijon viloyatida 172 ta, Namangan viloyatida 183 ta, Farğona viloyatida 188 ta, Sirdaryo viloyatida 69 ta, Toşkent viloyatida 221 ta, Toşkent şahrida 102 ta, Jizzax viloyatida 168 ta, Surxondaryo viloyatida 108 ta, Samarqand viloyatida 272 ta, Buxoro viloyatida 103 ta, Navoiy viloyatida 69 ta, Qaşqadaryo viloyatida 181 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpoğiston Respublikasida 50 ta masjidda ado etildi. 

Toşkent şahrida 102 ta masjidda 479 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz Hayit namozida iştirok etdilar. Xususan, Hazrati Imom majmuasida 17 mingdan ziyod, “Minor” masjidida 15 mingdan ziyod fuqarolar jam böldi.