Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida Şavkat Mirziyoyevning Ramazon hayiti munosabati bilan Özbekiston xalqiga tabrigi e'lon qilindi. Quyida tabrikning töliq matni bilan tanişing:
«Muhtaram vatandoşlar!
Dunyodagi jamiki musulmon ummati uçun mötabar va qadrli bölgan şu saodatli, uluğ ayyomda siz, azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlar, butun xalqimizni Ramazon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-şafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon böladigan uşbu şukuhli damlarda barçamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, el-u yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutluğ va barokatli kunlarga yetkazgani uçun behisob şukronalar aytamiz.
Ramazon oyining fayz-u tarovatidan bahramand bölib, jamiyatimizda özaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlaş, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va e'tibor körsatiş, ehtiyojmand insonlarga beğaraz yordam beriş singari savobli işlarni amalga oşirişga intilamiz.
Bunday olijanob maqsad va harakatlar mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib çiqiş, xalqimizni hayotdan rozi qilişga qaratilgan islohotlarimizning ma'no-mazmuniga har tomonlama uyğun va hamohang ekani ayniqsa e'tiborlidir.
Şu ma'noda, neça yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy özligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asraş, ajdodlarimizning bebaho ma'naviy-ma'rifiy merosini örganiş va tarğib etiş biz uçun öta dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Keyingi vaqtda mamlakatimizda şu yönalişda katta işlar amalga oşirilayotgani, tabarruk qadamjolar obod qilinib, yangi-yangi ilmiy, madaniy va diniy markazlar, ta'lim maskanlari taşkil etilayotgani barçangizga yaxşi ma'lum.
Bu yil muborak Ramazon kunlarida Termiz şahrida Hakim Termiziy, Toşkent şahrida Suzuk ota va Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi uluğ ulamolarimizning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanişga topşirilgani, joylarda beş taşabbus va boşqa ijtimoiy-ma'naviy dasturlarimiz doirasida el-yurtimiz, xususan, yoşlar va xotin-qizlar uçun qulay mehnat va turmuş şaroitlari yaratilayotgani bu yöldagi yangi qadamlar böldi.
Özbekistonning “Jaholatga qarşi – ma'rifat” degan tamoyil asosida jahon miqyosida tinçlik va osoyiştalikni saqlaş, vijdon erkinligi va dinlararo bağrikenglikni ta'minlaş, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xalqimiz va dunyo ahliga yetkaziş borasidagi taşabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qöllab-quvvatlanmoqda.

















