Özbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nişonlaş böyiça OAV uçun brifing bölib ötmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan taşkil etildi.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov Ramazon oyida 5,5 ming özbekistonlik umra ibodatini ado etganini ma'lum qildi.

Muzaffar Komilov

“Umra – 2018-2019 mavsumida 27 ming 380 nafar özbekistonlik ziyoratçi umra ibodatini ado etdi. Şundan  5 ming 500 nafari muborak Ramazon oyiga töğri keldi. Ulardan 690 nafari Hayit namozini Makkai mukarramada, Ka'batullohda ado etişdi.

Ziyoratçilarga mavsum davomida 22 nafardan iborat işçi guruhi, 133 nafar şifokor va  25 nafar oşpaz xizmat körsatdi. Har bir guruhga bittadan tajribali guruh rahbari biriktirildi”, - dedi u.

Şuningdek, Muzaffar Komilovning aytişiça, ilgarilari bir yilda şunça kişi umra ibodatini ado qilgan. 2018 yil oxiridan boşlab Umra ziyorati böyiça kvota olib taşlangani, özbekistonlik mömin-musulmonlar ziyoratni istagança amalga oşiradigan bölişgani aytildi.

Bundan taşqari, Haj mavsumiga tayyorgarlik işlari boşlanişi munosabati bilan Umra safariga yuboriş işlari Haj ibodati tugagandan söng amalga oşirilişi ma'lum qilindi.