Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik qiz 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi bo‘ldi
Foto: Instagram
Amerikalik Leksi Elford 21 yoshida 196 ta davlatda bo‘lgan eng yosh sayohatchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Avval bu borada shunday katta ko‘lamli sayohatni 24 yoshigacha amalga oshirgan Jyeyms Askvit rekordchi hisoblangan.
Leksining aytishicha, unga sayohati davomida Shimoliy Koreyaga tashrif buyurish eng qiyini bo‘lgan. Uning katta sayohati aynan shu davlatda yakun topgan.
“Eng qiyini bu yerlarning barchasida bo‘lganimni isbotlash bo‘lgan. Men tashrif buyurgan har bir davlatda bu haqida ma'lumotlar olishim kerak bo‘lgan: samolyotga olingan chipta, pasportdagi shtamplar, mehmonxonada yashaganlik uchun kvitansiyalar, hisobot jurnalini yuritish”, deb aytgan sayohatchi qiz.
Mavzuga oid
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
10:45 / 07.02.2026