Braziliya milliy jamoasi hujumçisi Neymar Kopa Amerikada qatnaşa olmaydigan böldi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida bildirilişiça, şifokorlar 27 yoşli futbolçining Qatarga qarşi keçgan örtoqlik öyinida (2:0) olgan jarohati yetarliça jiddiy, degan xulosaga kelişgan.

Keçagi bahsda asosiy tarkibda tuşgan Neymar öng oyoği töpiğidan şikastlanib, 21-daqiqada Everton Soaresga almaştirilgan edi. Şundan söng u zaxira örindiğida ötirar ekan, köz yoşlarini tiyib tura olmadi va tibbiy ştab xodimlari yordami bilan kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi.

Ma'lum bölişiça, u stadionni qöltiqtayoqda tark etgan.