Sotuvchilarning e'lonlariga ko‘ra, bu modeldagi “original” krossovkaning yetkazilishi xaridorlarga 550 dollarga aylanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ta'kidlashicha, Z Zegna brendi ostida chiqariluvchi ushbu krossovkaning onlayn tarzda yetkazilishining haqiqiy narxi 400 dollarga yaqinni tashkil qiladi. Bundan esa uddaburon sotuvchilar ushbu modeldagi krossovkalarning O‘zbekistonning birinchi shaxslari orasida ommalashgani ortidan mo‘maygina pul ishlab olishga qaror qilganlarini ko‘rish mumkin.