Voronejda «Vladimir Putinning qabr toşi» paydo böldi, unda «Misli yöq öğri va yolğonçi. Siyosiy murda» yozuvi bor.

«Qabr toşi»ning suratlari tvitterda «Agit Rossiya» norozilik harakati tomonidan joylaştirildi. Harakatdan aniqlik kiritişlariça, telegramdagi bot orqali tasvirlarni olişgan. Uşbu aksiya ortida kim turgani hozirça noma'lum.

Mart oyidan boşlab Rossiyaning turli şaharlarida «Vladimir Putinga qabr toşi» örnatilmoqda. Ulardan birinçisi Naberejniy Çelnida paydo böldi. Aksiyada iştirok etganlik uçun «Muddatsiz norozilik» harakatining ikki faoli hibsga olindi.

Naberejniy Çelnidagi aksiyadan söng «VKontakte» ma'muriyati «Putinga qabr toşi» fotosuratlarini öçirib taşlab, ular «foydalanuvçilarni çalkaştirayotgani» haqida ma'lum qildi. Keyinçalik, ijtimoiy tarmoq suratlar asl ekanini tan oldi va öçirilgan tasvirlarni qayta tiklaşga va'da berdi.

Bundan oldin, Peterburgda faollardan biri «Putinga qabr toşi» tufayli töqqiz sutkaga qamalgandi.