Milliarder Alisher Usmonov ko‘magida Namangan viloyatida osmono‘par biznes markaz quriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Invest in Namangan forumi davomida shu haqda ma'lum qilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tadbirkor 18 qavatdan iborat bo‘ladigan biznes markaz qurilishiga homiylik qiladi. Bino Namangan shahridagi avvalgi amfiteatr o‘rnida barpo etiladi.
Namangan viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolovning Kun.uz muxbiriga aytishicha, hozirda bu boradagi bir qancha loyihalar ekspertlik komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Invest in Namangan xalqaro forumi 7-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda Made in Namangan 2019 mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasi taqdim etilgan.

















