JAR şarqidagi milliy boğdan 14ta şer qoçib ketdi, Limpopo provinsiyasidagi şaharlardan birining aholisi ehtiyotkorlikka çaqirildi, deb xabar berdi Capricorn FM radiostansiyasi.

"Pxalaborva şahri va uning atrofida yaşovçilardan ehtiyotkorlikka rioya qiliş söralmoqda, çunki 14ta şer erkinlikda. Şerlar Kryuger milliy boğidan qoçib ketgan", - deyiladi radiostansiya xabarida. ‏

News24 portalining ma'lum qilişiça, Limpopo provinsiyasi hukumati milliy boğ vakillari bilan uçraşuvda yirtqiçlarni zudlik bilan tutib boqqa qaytariş zarurligini bildirgan.

Avvalroq Kryuger milliy boğida 2,5 yoşli gödak leopard hujumi qurboniga aylangani xabar qilingandi. Park reynjyerlari leopardni otib öldirişgan.