Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi
2019 yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar davlatining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Hamad al-Xajriyni (qarorgohi Tehron shahrida) qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilgandan so‘ng, vazir elchini O‘zbekistondagi faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va unga ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasida samarali natijalarga erishishini tiladi, deyiladi TIV xabarida.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Qatar munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Buning uchun tomonlarda savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda sezilarli salohiyat borligi e'tirof etildi.
Yilning ikkinchi yarmida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish taklifi yoqlangan.
Uchrashuvda ba'zi mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026