Shaxsiy samaradorlik – zamonaviy dunyodagi muhim ko‘nikmalardan biri. Bu tushuncha zo‘riqishga nisbatan chidamlilik, maqsad sari intilish, qiziquvchanlik kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Siz yuqoridagi ko‘nikmalaringiz bilan maqtana olmasangiz ham ularni rivojlantirish hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Buni amalga oshirishda sizga qo‘l keladigan yetti ma'ruza esa quyidagilardan iborat.

«Nima uchun maqsadlarni emas, qo‘rquvlarni aniqlash kerak?»

Tim Ferrisning depressiyali vaziyatlardan chiqish haqidagi shaxsiy tajribasi. U o‘z ma'ruzasida qo‘rquvni aniqlash texnikasi haqida hikoya qiladi. Uning uslubi oddiy, biroq samarali. Dastlab voqealarning eng salbiy variantlarini tasavvur qilish kerak, keyin esa ularni yozish va chiqish yo‘lini izlash lozim. Mohiyat qo‘rquvni «o‘z miyangizda» boshdan kechirish va chuqur o‘ylangan qaror qabul qilishdan iborat.

«Yodda saqlash bo‘yicha mohir kishiga aylanish»

Idriz Zogay miyangizning faol xotira texnologiyalarini kundalik hayotda qo‘llash haqida hikoya qiladi. U yodlash texnikalarini o‘rgatadi va zal bilan mashqlar o‘tkazadi. Uning usullari xotirani yaxshilash, aqliy qobiliyatni rivojlantirish, katta hajmli ma'lumotlarni qanday saqlashni o‘rgatadi.

«Qanday qilib o‘z-o‘zingizni aldashni bas qilish mumkin?»

Mel Robbins ilk qadamni qo‘yish va o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlik hissini boshdan kechirishga majbur qiladigan hodisalarga ilmiy asoslar keltiradi. U muammoni anglash va tushunish – uni yechishning yarmi ekanini aytadi. Ma'ruzachi aqliy qopqonlarga tushib qolmaslik va harakatni boshlashda yordam beradigan oddiy texnikalarni taklif etadi.

«Hislarni muvofiqlashtirish mexanizmi»