Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boşqarmasiga qaraşli Böka tumanidagi UYa 64/38-sonli koloniyada qasddan odam öldirgani uçun jazo muddatini ötayotgan andijonlik 54 yoşli mahkum M. Q jazo muddatini ötayotgan mahkumni urib öldirgani aytilmoqda.

Qayd etilişiça, Bökadagi manzil koloniyada bu mahkumning özaro kelişmovçiligi kundan-kunga yomonlaşib boravergan.

Voqea guvohlarining aytişiça, M Q telefon orqali bir qiz bilan gaplaşib yurgan va bu holatni E. Q telefon orqali M.ning xotiniga aytgan hamda haqiqiy ziddiyat şu soniyalardan boşlangan.

Kelişmovçilik natijasida M. Q. ketmon uçun yasalgan tayoq bilan E. Q.ning böyin qismiga uç marta urgani natijasida E. Q. vafot etgan.

Jazo muddatini ötayotgan vaqtida yana qasddan odam öldirgani uçun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.