Gretsiya poytaxti Afinada mamlakat mustaqilligi e'lon qilingandan keyin ilk masjid bunyod etildi. 7 iyun, juma kuni Gretsiyaning ta'lim va din işlari böyiça vaziri Kostas Gavröğlu masjidda borayotgan işlar haqida ma'lumot oliş uçun u yerga taşrif buyurgan.
“Bu davlatimiz uçun muhim kundir, çunki köplab qarşiliklar va tösqinliklardan keyin musulmon fuqarolarimiz, mamlakatga muhojir yoki qoçqin bölib kelganlar, unga taşrif buyuruvçilar uçun masjid qurişga muvaffaq böldik”, deb aytgan Gavröğlu.
Vazir masjidda ilk ibodat qaçon ötkazilişi haqidagi savolga bu sentyabrda yuz berişi, biroq 16 avgustda ham bölişi mumkinligini aytgan.
Gavröğluning baholaşiça, mamlakatda musulmonlar Gretsiya fuqarolari, migrantlar, qoçqinlar va mamlakatga keluvçi odamlarni qöşib hisoblaganda 150 mingdan 200 minggaça kişini taşkil qiladi.
“Bugun orzu uşaldi. Grek musulmon jamoasi masjidni ança yillardan beri kutmoqda. Biz musulmonlarda ibodat uçun munosib joy paydo bölişidan xursandmiz va uning qaçon işga tuşişi vaqt masalasidir”, deb qöşimça qilgan vazir.
Amaldorning ta'kidlaşiça, xavfsizlik borasida “zarraça ham muammo bölmaydi”. “Grek jamiyati turli dinlarga sabr-toqatlidir. Biror munosabat yoki qörquv haqida öylaş notöğridir”, deb ta'kidlab ötgan Gavröğlu.
Ta'kidlanişiça, Afina masjidi an'anaviy masjidlarga öxşaş emas. Jumladan, uning minoralari yöq. Unga kiraverişda esa grek va ingliz tillarida “Gretsiya davlati. Ta'lim, fan va din işlari vazirligi. Afina islom masjidi” degan yozuv joylaştirilgan.
Afina Yevropa davlatlari poytaxtlari orasida masjidga ega bölmagan oxirgi poytaxt bölib qolayotgandi. Gretsiya 1832 yilda Usmon imperiyasidan mustaqillikni e'lon qilgandan keyin Afinada masjid qurilişiga ruxsat berilmagan. Biroq 2013 yilda hukumat Votanikos tumanida masjid qurilişiga bir million yevroga yaqin mablağ ajratilişini ma'qullagan. Quriliş mahalliy aholining noroziligiga qaramay borgan.











