«Real» nihoyat uzoq kutilgan transferni e'lon qildi - klub yangi davrga Eden Azar bilan birga kiradi. Belgiyalik futbolçining rasmiy taqdimoti 13 iyun kuni «Santyago Bernabeu»da bölib ötişi belgilangan. Bu madridliklarning Rodrigo, Militao va Yoviçdan keyingi törtinçi transferi. Bu xaridlar Florentino Peresga jami 255 million yevroga tuşdi. Yozgi transferlar arafasida Madrid klubi bu yilgi transferlar uçun jami 600 million yevro ajratgani ma'lum qilingandi.
🇧🇪✨ ¡El TALENTO de @hazardeden10!#WelcomeHazard | #HalaMadrid pic.twitter.com/xgTV39yCRY
— Real Madrid C.F.⚽ (@realmadrid) June 7, 2019
Madrid orzusi
Aytiş mumkinki, yozgi transferlarning eng asosiy xaridlaridan biri amalga oşib böldi. Albatta, heç kim bir neça oyga safdan çiqqan va YeÇL startidagi öyinlardan diskvalifikatsiya qilingan Neymarni sotib olişni istamasa kerak. Bunday fantastik ssenariy bölmasligi 99 foizga aniq, bu yozda esa klubini özgartirişni rejalaştirgan futbolçilar orasida Eden Azardan zörroği yöq.
U «Çelsi» uçun borini berdi va va'da berganidek mavsum oxirigaça çin dildan öynab, muxlislar bilan Yevropa Ligasining ikki karra ğolibi sifatida xayrlaşdi. Köklar undan bundan ortiğini talab qila olmasdi ham. Ikki transfer oynasi uçun taqiq, Maurisio Sarri iste'fosi ehtimoli va klub xöjayini Roman Abramoviçning Angliyadagi muammolari londonliklar klubi kelajagini mavhum qilib qöygan.
Belgiyalik yulduz esa hademay 30 yoşga çiqadi. 28 yoşli futbolçi ayni kuçga tölgan vaqtida va unda Çempionlar ligasida ğolib böliş yoki Kriştianu Ronaldu va Lionel Messi gegemoniyasiga çek qöyib, «Oltin töp»ni qölga kiritiş uçun u qadar köp vaqt qolmadi. Garçi Azarning özi şaxsiy sovrinlarga falsafiy nuqtai nazardan qarasada. «Eng yaxşi futbolçi bölişni istayman, ammo e'tirof etilmasligim mumkin. Futboldan zavq olişni istayman. Öxşasa eng yaxşi futbolçi bölaman. Agar öxşamasa, heçqisi yöq. Şunçaki öynaşni istayman», degandi u.
Raul, Ronaldu, Azar
Azar bir neça yildan buyon «Real»ga ötişni orzu qilib kelardi. Şu bilan birgalikda, zamonamizning eng yorqin futbolçilaridan birini tarkibga qöşib oliş ham «Qirollik klubi» va uning prezidenti Florentino Peresning orzusi edi. Madrid klubi boş murabbiyi Zinedin Zidan Azarning bolalikdagi kumiri bölgan, murabbiy ham futbolçi haqida hamişa iliq fikrlar bildirgan. U 2010 yildayoq, Azar hali «Lill»daligidayoq uni heç ikkilanmay transfer qilişga tayyor bölişi haqida gapirgan.













