Keça, 7 iyun kuni soat taxminan 22:10larda Mirzo Uluğbek tumanidagi Toşkent halqa avtomobil yölida («CRAFERS» zavodi) yöl-transport hodisasi sodir böldi. 

Poytaxt IIBB xabariga köra, piyoda, 22 yoşli G.I. yölni belgilanmagan joydan, piyodalar ötiş yölagidan 25 metr narida kesib ötayotgan bölgan. «Lasetti» yengil avtomaşinasi haydovçisi, 41 yoşli X.X. piyodani urib ketgan. Şundan söng u boşqaruvni yöqotib, «Kobalt» (haydovçisi 49 yoşli Yu.A.) avtomobili bilan töqnaşgan. «Lasetti» urib ketişi oqibatida piyoda 39 yoşli K.D. boşqaruvida bölgan «Shacman» yuk maşinasi ostida qolgan.

Xabarda aytilişiça, YTH tufayli piyoda G.I. va «Lasetti» avtomobili yölovçisi 38 yoşli O.M. voqea joyida halok bölgan. «Kobalt» yölovçisi, 23 yoşli Yu.A. tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib ketildi. «Lasetti» avtomobili haydovçisiga tibbiy yordam ambulator şaroitda körsatildi, şundan keyin u kasalxonadan çiqarildi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, YTHga piyoda yölni belgilanmagan joydan, piyodalar ötiş yölagidan 25 metr naridan kesib ötayotgani sabab bölgan, deyiladi IIBB xabarida.

Tergov davomida «Lasetti» haydovçisining aybdorlik darajasi örnatiladi.

«Hurmatli haydovçilar va piyodalar! Yöl harakati qoidalariga rioya qiling! Yodingizda bölsin: bitta notöğri qadam sizning va yöl harakati boşqa qatnaşçilarining umriga zomin bölişi mumkin», - deyiladi xabarda.