Sarlavhani sönggi paytlarda boylarning qiziga uylanişni orzu qilgan “kuyovçak”lar bilan boğlamang, gap yana öşa uçizaklar va ularga berilayotgan “Kobalt”lar haqida.
Oddiy kunlarning birida tahririyat telefoni jiringladi. Qönğiroq qilguvçi gapni uzoqdan boşladi. Yurtimizdagi islohotlarni, prezidentni maqtadi. Ayniqsa uç nafar farzand tuğilganda berilayotgan sovğalar haqida alohida töxtaldi. Qiziği, şu paytga qadar uç farzand körganlarga sovğa berişni maqtab qönğiroq bölmagandi. Akamiz tez orada indalloga ötdi:
– Biz ham uç öğil körgandik, Şavkat, Miromon va Mirziyo deb ism ham qöygandik. Lekin şu paytgaça “Kobalt”dan darak yöq. Şu masalani hal qilib bersangizlar. Özbekistonda qonunga amal qilinadimi yöqmi?
– Qanaqa qonunni nazarda tutyapsiz?
– Uçta tuğilganlarga maşina berilyapti-ku. Hammaga teng köz bilan qaralişi kerak-da!
Bu odamga nimanidir tuşuntiriş muşkul edi. Farzandni Alloh berişi, uç farzand uç karra ne'mat ekanligi, unga çiroyli ism qöyiş ota-onaning vazifasi ekani, buning uçun endi nimanidir tama qiliş öta uyat bölişi haqida ming va'z öqima, foydasi yöq. Gap bitta – boşqalarga berildimi, menga ham berilişi kerak!
Bir qaraşda u haq – uç egizak (uç öğil desak töğriroq bölar) tuğilsa va ularga yuqoridagi ismlar qatorlaştirib qöyilsa, “Kobalt” sovğa qiliş böyiça yozilmagan (!) qoidaga amal qilinmoqda. Demak bu murojaatda ham ğayritabiiylik yöq, andişasizlikka kelsak, endi bu alohida masala, har kimda bu tuşunça har xil.
Keling, umuman farzand tuğilsa ommaga oşkor qiliş va sovğa olişning yaqin tarixiga nazar taşlasak: bir vaqtlar Mustaqillik bayrami kuni tuğilgan öğil çaqaloqlarga Islom deb ism qöyiş urf böldi. Hokimiyat yoki mahalla baholi qudrat sovğa (odatda bitta gilam yoki servis) olib kirişdi va bu holat böyiça televideniyega lavhalar tayyorlandi. Şundan keyin Islom ismli bolalar köpayib ketdi, mavzu bir xil va siyqasi çiqqani uçun bu “tadbir” e'tibordan qoldi.
Keyinçalik hatto uç yoki tört farzand tuğilganda muayyan sovğa beriş amaliyoti rasman töxtatilgani haqida e'lon qilindi ham.
Ammo sönggi ikki yilda uç farzand köriş, aniq ismlar qöyiş va “Kobalt” ilinji şu qadar urçidiki odamlar bunday xabarlarni oçiqdan-oçiq istehzo bilan kutib ola boşladilar, boqimandalik, laganbardorlik va tamagirlik qorişmasi deb baholadilar. Bunga asos bor edi albatta, çunki öğillar qolib, hatto uç qiz çaqaloqlarga şu ismlarni qöyib yuborib, maşina söragan ota haqidagi xabarlar ham tarqaldi. Ayrim manbalarda hatto qanday qilib birdaniga uç nafar çaqaloq tuğiş mumkinligi haqida mutlaqo jiddiy qöllanmalar ham e'lon qilindi.

















