Ruptly agentligi Buyuk Britaniyaning Belmarş qamoqxonasida saqlanayotgan WikiLeaks asosçisi Julian Assanj tasvirlangan videoyozuvni e'lon qildi.

Lavhada jurnalistning boşqa mahbuslar bilan suhbatlaşayotgani aks etgan. Şuningdek, kameralardan birining içidagi holat ham tasvirlangan.

Uşbu lavha Assanjning kameradoşlaridan biri tomonidan suratga olingan.  

May oyi oxirlarida Assanjning advokati uning juda ozib ketgani va deyarli gapira olmay qolganini ma'lum qilgandi. U qamoqxonaning kasalxonasiga ötkazilgan.

Julian Assanj 11 aprelda Ekvadorning Londondagi elçixonasi binosida Britaniya politsiyasi tomonidan qölga olingan. U bu yerda yetti yildan buyon yaşab kelayotgandi.