7-8 iyun kunlari Namangan şahrida bölib ötgan “Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumida umumiy qiymati 320 million dollarga teng 39 ta hujjat imzolandi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Seksiya majlislarida Namangan viloyatida sanoat, qayta tiklanuvçi muqobil energiya manbalari, qişloq xöjaligi, innovatsiya va turizm sohalarini rivojlantirişga doir köplab masalalar muhokama qilindi. Seksiya majlislaridan söng Namangan viloyatining turli sohalardagi eksport mahsulotlari körgazmasi hamda “B2B” va “B2G” şakllaridagi muzokaralar ötkazildi.

Tadbir iştirokçilari “Istiqlol dizayn”, “Art Soft Teks”, “Merrimed farm”, “Chortoq mineral water”, “Ideal”  kabi Namangan viloyatining eksportga yönaltirilgan yirik kompaniyalari faoliyati bilan tanişdilar.

Şuningdek, Namangan viloyati hokimiyatida Hindiston, Rossiya, Avstriya, Xitoy, Eron, Singapur, BAA, Quvayt, Ummon, Buyuk Britaniya, Germaniya va boşqa davlatlarning yirik kompaniyalari vakillari bilan alohida muzokaralar ham taşkillaştirildi.

Xususan, Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov ötkazgan uçraşuv yakunlariga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati Avstriyaning «AMe International GmbH» va «AVK GmbH» kompaniyalari vakillari bilan 10,5 million AQŞ dollari miqdorida foizsiz kredit jalb etgan holda Namangan viloyati kardiologiya markazining moddiy-texnik bazasini takomillaştiriş böyiça uç tomonlama Memorandum imzoladilar.

Hindistonning “Ultimate Investment” kompaniyasi raisi M.Gupta bilan bölib ötgan muzokaralar yakunlariga köra Namangan viloyati hokimiyati bilan mehmonxonalar va biznes markazi quriş böyiça umumiy qiymati 50 million AQŞ dollari bölgan bitim imzolandi.

Xitoyning “Yantag Jimpeng Mining” kompaniyasi bilan Pop tumanida foydali qazilmalar qazib oliş böyiça 40 million dollarlik loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Rossiyaning “Torgoviy dom Tavifa” kompaniyasi bilan töqimaçilik mahsulotlari eksporti böyiça 30 million dollarlik kelişuvga erişildi.

Forumning birinçi kuni yakunlariga köra umumiy qiymati 170 million AQŞ dollariga teng 24 ta investitsiya bitimi va eksport şartnomalari imzolandi. Ikkinçi kuni yana 15 ta bitim imzolandi. Jami umumiy qiymati 320 million AQŞ dollariga teng 39 ta hujjat imzolandi.

Forum doirasida Namangan viloyati hokimligi tomonidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda mintaqada birinçi bor eksport qiluvçilarni qöllab quvvatlaydigan va Özbekiston işlab çiqaruvçilari katalogini öz içiga oladigan madeinnamangan.uz portali işlab çiqildi va işga tuşirildi.