Yunusobod tuman IIB majlislar zalida 4 iyun kuni sodir bölgan mudhiş yöl transport hodisasi böyiça brifing ötkazildi. Uşbu brifing jabrlanuvçilarning oila a'zolari, jurnalistlar va IIV mas'ul xodimlari iştirokida bölib ötdi.

Tadbir jabrlanuvçilarning oila a'zolarining ruhiy holatlari hisobga olinib kameradan foydalanilmadi.

Yiğiliş YTH oqibatida vafot etgan A.G. xotirasiga hurmat sifatida bir daqiqa sukut saqlaş bilan boşlandi.

Yiğilişda mas'ul şaxslar sifatida Toşkent şahar IIBB tergov bölimi rahbari polkovnik Zafar Alimov, Yunusobod tumani IIO FMB boşliği polkovnik Olim Saidov, Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudi sudyasi Abbosxon Şomahmudov va Yunusobod tumani IIO FMB tergov bölimi boşliği Sardor Mirzarahimov qatnaşdi.

«Avvalo aytişimiz kerakki, vafot etgan ösmir Yunusobod tumani aholisining bir vakili, bir farzandi edi. Biz bu yerga ikkiyuzlamaçilik yoki şunday boşqa maqsadda yiğilganimiz yöq. Biz hozirgi holatga töğri baho beriş uçun yiğildik.

Ma'lum qilamizki, mazkur jinoyat işi qonun doirasida olib boriladi va aybdorga qonuniy jazo beriladi. Voqea yuzasidan 5 iyun kuni jinoyat işi qözğatilgan, gumonlanuvçi söroq qilingan. Söngra, uy qamoği qöllandi. Sud-trasologik ekspertizasi tayinlangan va natijasi böyiça xabar beramiz. Tergov jarayonlarida har 10 kunda sizlarga (jabranuvçilarga) ma'lumot berib boramiz. Sizning hozirgi holatda advokat oliş huquqingiz bor. Iş böyiça hujjatlar bilan tanişişingiz mumkin. Har qanday vaqt, 24 soat siz uçun tayyormiz», deydi polkovnik Alimov.

Brifing iştirokçilari ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda kurakda turmas fikrlar bildirişdan tiyiliş kerakligini aytişdi.

Brifingda YTH qurboni, marhum A.G.ning otasiga söz berildi.

«Men özimni tutişga harakat qilaman. Farzandimizni endi heç kim qaytara olmaydi. Bu biz uçun oğir musibat böldi. Bizning tuşunmagan joyimiz: nega öşa ayol hodisaning ertasi kuni ham bemalol köçada yurişi, işga borişi, şifoxonaga ham kelişini qanday tuşuniş mumkin? Vaholanki, bu ayol bizning farzandimiz uçun, qilgan işi uçun ibodat bilan maşğul bölişi kerakmasmidi? Bular mening şunçaki savollarim, xolos. Kimnidir ayblaş, kimgadir biz uçun bunday qilib ber deyiş emas.

Şuningdek, hozirgi kunda köçalarimizda avtomobillar juda tezlik bilan harakatlanmoqda. Mahallaning içimi yoki boşqa joymi farqi yöq. Biz bolamizni yöqotdik, boşqalar yöqotmasin. Men hozir sizlar bilan öz hislarimni bölişyapman, xolos. Biror talab qöymayapman. Bizga hozir juda ham oğir», deydi marhumning otasi.