Agar peşonangizdan dölday tomçilar oqayotgan va bunga ortiq bardoşim yetmaydi deb öylayotgan bölsangiz, maslahatlarimizga quloq tuting.

Issiqqa moslaşiş siz öylagançalik qiyin iş emas.

1. Sovuq suv içmang
U çanqoqni qondirmaydi, özi bilan tuzni oladi-da 5 daqiqadan söng tanangizdan uçib ketadi. Çoy yoki şirin bölmagan kvas içing. Şakar qöşilgan gazli içimliklarga oid hamma narsa ayon: qança köp içsangiz, şunça köp xohlayverasiz.

2. Agar uydan jazirama vaqtida çiqsangiz, keskin harakatlar qilmang
Özingizni ehtiyot qilişga harakat qiling: bir tekisda qadam taşlang, köçaning soya tomonida harakatlaning. Doimo. Eng asosiysi har piyoda yurişdan söng oyoq yuzasi va töpiğini sovuqroq suvda çayişni unutmang. Tanangizning bu qismlarida faol nuqtalar juda köp va bu harakat ular uçun juda foydali.

3. Sovutilgan çoy içing
Aççiq bölmagan har qanday turdagi kök çoy damlang. Sovugaç ozroq asal, limon va yalpiz qöşing. Muz bilan içsangiz ham böladi. Nafaqat mazali, balki foydaga ham boy.

4. «Antişarf» yasang
Oq römolçani sovuq suvda namlaymiz va böyinga taşlab olamiz. Namlik yöqolsa yana qaytarişimiz mumkin. Bu 2 daqiqaga qolmay öz samarasini körsatadi. Buning ikkinçi nomi «yaponça konditsioner» deb ataladi. Haqiqatan ham yapon naqşinkor san'ati va filmlarida yelkasiga oq boğiç taşlab olgan odamlarni köp uçratişimiz mumkin.

5. Agar iloji bölsa, uxlab oling
Jazirama ob-havo şaroitida tuşlikdan söng ozroq mizğib olişga harakat qiling. Bu öz tana haroratingizni pasaytirişga va çarçoqni kamaytirişga şubhasiz öz ta'sirini körsatadi.