Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Duşanbeda bölib ötadigan Osiyoda özaro hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşga a'zo davlatlar rahbarlarining beşinçi sammitida iştirok etadi. Bu haqda «AP» xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, Duşanbe sammitida qatnaşiş uçun 12 davlat – Xitoy, Rossiya, Eron, Ozarboyjon, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Bangladeş, Şri-Lanka prezidentlari Tojikistonga taşrif buyuradi. 

Kengaşga a'zo yana 15 davlatning boş vazir, vazir örinbosarlari va taşqi işlar vazirlari sammitda iştirok etadi.

Qayd etilişiça, sammitda iştirok etişdan taşqari, barça delegatsiyalar rahbarlarining qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.