Moskvaning Presnenskiy sudi IIV ofitseri Dmitriy Zaxarçenkoga pora oliş va tergovga qarşilik körsatiş işi böyiça 13 yilga ozodlikdan mahrum qiliş va 117 mln rubl jarima tölaş jazosini tayinladi.
Sud Zaxarçenkoni restorator Medi Dussdan 800 ming dollar pora oliş işi böyiça oqladi. Sudyaning sözlariga köra, barça ikkilanişlar ayblanuvçi foydasiga hal qilinadi.
Ammo sud Duss Zaxarçenkoning talabi bilan unga öz restoranlariga kirişi uçun çegirma kartasini rasmiylaştirgani, natijada polkovnik qariyb 3 mln rubl mablağini tejab qolgani öz isbotini topganini bildirdi.
Zaxarçenko şuningdek, polkovnik unvonidan va olgan davlat mukofotlaridan ham mahrum etildi, unga ikki yil davomida davlat organlarida rahbarlik lavozimlarini egallaş taqiqlandi.
Zaxarçenkoning 2016 yil sentyabrda qölga olinişi katta şov-şuvga sabab bölgandi. Tintuv vaqtida uning va yaqinlarining uyidan 140 mln dollar, 2,2 mln yevro va 374 mln rubl naqd pullar topilgandi.












