12 iyun kuni Xalq deputatlari Quyi Çirçiq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, sessiyada taşkiliy masala körildi va tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Bugundan e'tiboran Akmal Arslonoviç Xolmurodov Quyi Çirçiq tumani hokimi, Abdumalik Abduğaniyeviç Qöldoşev tuman prokurori, Şuhratali Toiroviç Imomov tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida iş boşladi.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat rahbari Rustam Xolmatov iştirok etdi.
Ma'lumot uçun, prezident topşiriğiga binoan viloyatning 18 ta hududiy birligi respublika oliy rahbariyatidagi mas'ul şaxslarga boşqaruv va umumiy rahbarlik uçun bölib berilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi örtaça darajadan past bölgani uçun Prezident topşiriğiga köra Quyi Çirçiq tumani hokimi Sobir Murodov vazifasidan ozod etilgandi.












