AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaponiyada bölib ötadigan "katta yigirmatalik" sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşişni möljallamoqda. Bu haqda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton ma'lum qildi.
"Uçraşuvlarga kelsak, prezident Si Tszinpin va Vladimir Putin bilan uçraşişini kutmoqdamiz", - dedi Bolton.
Avvalroq Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida agar Si Tszinpin "yigirmatalik" davlatlari rahbarlari uçraşuviga kelmasa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilişini aytgandi.
"Katta yigirmatalik" sammiti 29 iyun kuni Osakada bölib ötadi.












