Hammabop va mustaqil boşqaruv xususiyatini saqlab qolgan holda qöşimça funksiyalar bilan boyitilgan.
Xiaomi kompaniyasi öz mualliflik işi hisoblangan sport brasletlari yangi avlodini rasmiy ravişda taqdim etdi. Mi Band 4 taşqi jihatdan oldingilaridan köp farq qilmaydi, ammo uning ekrani rangli.

Displey 39,9 foizga kengaydi. U 240x120 piksel ölçamli AMOLED matritsa bilan jihozlangan va bu ekran 2.5D effektini beruvçi tirnalişlarga çidamli şişa bilan himoyalangan.

Yangi displey ortidan interfeysda ham özgarişlarni uçratişingiz mumkin. Mi Band 4’da turli siferblatlar fon suratlar bilan birgalikda, yangi boşqaruv qismlari va qöşimça vidjyetlar paydo böldi.

Şuningdek, bu turdagi ekranda xabarlarni va biriktirilgan gadjetdan keluvçi bildirişnomalarni öqiş oldingidek osonroq. Mobil uskunalarga ulaniş yanada qulayroq bölgan Bluetooth 5.0 orqali amalga oşiriladi.

Zamonaviy talablarga mos keluvçi simsiz ulaniş rangli ekranning quvvat sarfini oşirişiga sabab böladi, albatta. Şu sababli işlab çiqaruvçilar akkumulyator siğimini 135 mA·s’ga kötarişdi. U 20 kun mustaqil iş rejimida tura oladi.

Brasletning içki tarafida jismoniy faollik vaqtida mahkam qisuvçi va turli sport maşqlarini farqlaş imkoniga ega 6 öqli yuqori aniqlikka ega datçik mavjud. Maşğulot zalida va köçada yuguriş, suziş, velosiped uçiş kabilar uçun alohida rejimlar moslaştirilgan.
Braslet 50 m çuqurlikkaça suvga çökişga doş bera oladi. Hozirça tasmaning 5 xil rangdagisi sotuvda: qora, kök, töq qizil, apelsin tusdagisi va puşti.

Xiaomi Mi Band 4 ikki xil talqinda işlab çiqarilgan: NFC li va NFC örnatilmagan. Birinçisi variant ovozli yordamçi dasturini işga tuşiriş uçun mikrofonga ham ega. Vaholanki, u faqat Xitoyda ommalaşgan. Şunga yaraşa unda bir noqulaylik mavjud - batareya siğimi 125 mA·s, 15 kunlik faollikka yetadi deb ta'kidlangan .



















