RIA Novosti qanday kişilarda keksayiş jarayonlari sekin keçişiga oydinlik kiritdi.

Köpinça bu holat irsiyatga boğliq. Biroq faqat bu omilning özi sababçi deyiş ham töğri bölmaydi. Bir neça tadqiqot natijalariga köra, yoşlikni öz kuçingiz bilan ham uzaytirişingiz mumkin ekan.

Hamma birdek qarimaydi

2015 yilda Dyuk universiteti, Quddusdagi Yahudiy universiteti va Londondagi Qirollik kolleji olimlaridan iborat xalqaro guruh Yangi Zelandiyadagi Danidin şahrining mingga yaqin aholisi ma'lumotlarini tahlil qilgan. Öşa vaqtda tadqiqot iştirokçilari 26 yoşdan 38 yoşgaça bölganlardan iborat edi. Ular 12 yil davomida sinçkovlik bilan kuzatilgan.

Aniqlanişiça, ayrimlar qolganlarga qaraganda uç marta tezroq qarişgan. Ön ikki oy davomida uç yoşga ulğayişgan. Qolganlar esa aksinça bir yilda 16 yarim oyni «yaşaşgan». Tadqiqot iştirokçilari 38 yoşga tölganida ularning biologik yoşi 28 yoşdan 61 yoşgaça bölgan turli körsatkiçlarni namoyiş etgan.

Mazkur tadqiqot mualliflarining fikriga köra, qariş sur'ati bor-yöği 20 foizgagina irsiyatga boğliq bölgan. Sport bilan şuğullaniş, töğri ovqatlaniş, muntazam tibbiy körik va çekişdan voz keçiş katta ahamiyatga ega bölgan. Bundan taşqari, ruhiy yoşi haqiqiy yoşidan katta bölganlar tezroq qarişgan.

Harakat-hayot

Kaliforniya universiteti biologlarining xulosalari hamkasblari fikrini qisman tasdiqlagan. Ular 64 yoşdan katta bir yarim ming ayolning turmuş tarzini kuzatib, kam harakatlilar tezroq qarişini aniqlaşgan. Kuniga ön soatdan ortiq vaqt davomida ötiriş holatida bölganlarning biologik yoşi faol tengdoşlariga qaraganda sakkiz yoşga kattaligi aniqlangan.

Yoşlikni uzaytirişning yana bir işonçli usuli – kamroq şirinlik iste'mol qiliş deb hisoblaşmoqda ingliz va nemis irsiyatşunoslari. Şakar örniga olimlar urolitinga boy mahsulotlarni tavsiya qilişmoqda. Bu birikma grek yonğoği, anor va qulupnay tarkibida mavjud. Hayot davomiyligini çili garmdorisi, uning tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi ançaga uzaytiradi. U semizlikka tösqinlik qiladi, yurak qon-tomir va öpka kasalliklari xavfini kamaytiradi. Amerikalik olimlar esa odam qança kam asabiylaşsa, şunça sekin qariydi degan fikrni ilgari surişgan.