Adliya vazirligi bu yildan joriy etilgan, ayrim toifadagi abituriyentlardan OTMga hujjat topşirişda olinadigan EKIHning 50 foizi miqdoridagi tölovdan taşqari yana EKIHning 50 foizi miqorida tölov borligi haqida xabarga munosabat bildirdi.

«Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlarni qabul qilganlik uçun qöşimça tölov yöq. faqat bitta tölov qilinadi. Faqatgina bitta tölov – eng kam oylik iş haqining 50 foizi, DTMga test topşirganlik uçun undiriladi, tamom»,- deyiladi Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Davlat xizmatlari agentligi ham Davlat xizmatlari markazlari orqali belgilangan Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşirganlik uçun,şuningdek davlat xizmatlari körsatganlik uçun tölov undirilmasligini ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq huquqşunos va bloger Xuşnud Xudayberdiyev ikkinçi marta hujjat topşirayotgan abituriyentlarning bir qismi - bu yil Davlat xizmatlari markazlari orqali Toşkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Farğona davlat universiteti va Samarqand davlat universitetiga hujjat topşiradiganlar ikki marta tölov qilişi haqida post qoldirgandi.