Qozoğiston prezidenti farmoni bilan poytaxt Nur-Sultonga yangi akim (hokim) tayinlandi. Uşbu lavozimni Altay Kulginov egallagan.
2016 yil martidan Kulginov Ğarbiy Qozoğiston viloyati hokimi lavozimini egallab kelgan. 2001 yildan 2008 yilgaça boş prokuratura, adliya vazirligi, Qozoğiston prezidenti ma'muriyatida işlagan. 2013 yildan boşlab Uralsk akimi lavozimini egallab kelgan.
Kulginov 1978 yilda Turkistonda tuğilgan. H.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Qozoğiston prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi va Aberdin britan universiteti magistraturasida öqişni tamomlagan.
Şuningdek, prezident farmoni bilan Ğarbiy Qozoğiston viloyatiga Kulginov örniga Gali Iskaliyev yangi akim etib tayinlangan.












