Turli ijtimoiy tarmoqlarda Tropikamid dori vositasini Tramadol, Lirika örniga kelgan yangi bir oğu sifatida talqin etilayotgani haqida çiqişlar Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan örganib çiqilib quyidagilar ma'lum qilinadi.

«Tropikamid dori vositasi oftalmoskopiyani ötkazişda va refraksiyani aniqlaşda taşxis qöyiş uçun (şu jumladan, qoraçiqni kengaytiruvçi boşqa preparatlarga yuqori sezuvçanlik bölganida), közning yalliğlaniş kasalliklarini majmuaviy davolaşda sinexiyalarni rivojlanişini oldini oliş uçun qöllanadi.

Uşbu dori vositasi Soğliqni saqlaş vazirligining «Retsepsiz beriladigan dori vositalari röyxatini tasdiqlaş töğrisida»gi 2018 yil 22 oktyabrdagi 50-son buyruğiga köra, şifokor retsepti asosida berilişi belgilangan», – deydi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş Davlat markazi Farmakologiya qömitasi raisi Zikrilla Tadjixanov.

«Tropikamid dori vositasi közga tomiziş uçun möljallangan bölib, qoraçiqlarni kengaytiriş xususiyatiga ega, köz kasalliklarida foydalaniladi. Undan qoidaga xilof ravişda foydalanib, inʼeksiya qilinganda qon tomirlari kengayişi tufayli sarxuşlik holati yuz beradi. Ammo Tropikamidni Lirika va Tramadol kabi psixotrop dori vositalari bilan tenglaştirib bölmaydi. Tropikamidda narkotik moddalar mavjud emas. Uşbu dori vositasi retsepsiz berilsa, turli noxuş vaziyatlar ehtimoli köpayişi mumkin. Şu bois yuqorida qayd etilganidek, Tropikamid faqatgina şifokor retsepti asosida berilişi şart», – deydi Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Azamat Yusupov.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, undan olib çiqiş va tranzit tarzida ötkaziş tartibini, şuningdek, ularning muomalada bölişi yuzasidan nazoratni takomillaştiriş töğrisida» 2015 yil 12 noyabrdagi 330-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qarorida tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar röyxatlariga Tropikamid dori vositasi nomlanişi böyiça kiritilmagan. Şu bilan birga, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 1961 yilgi giyohvandlik moddalari töğrisidagi Yagona konvensiyasi va 1971 yilgi psixotrop moddalar töğrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiq tasdiqlangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar röyxatlariga ham kiritilmagan.

«Tibbiyot amaliyotida işlatişga ruxsat etilgan Tropikamid dori vositasi Davlat Reyestridan «Midaks», «Tropikamid» nomlari bilan ötkazilgan. Sertifikatlaştiriş organlari ma'lumotiga köra, Tropikamid dori vositasi respublikamizga 2018 yil davomida 562 256 öram, 2019 yil 1 maygaça 447 110 öramda keltirilgan. Uşbu dori vositasi bilan boğliq noqonuniy xatti-harakatlar yuz bergan holatlarda, Soğliqni saqlaş vazirligiga huquq-tartibot organlari tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlar asosida, Narkotiklarni nazorat qiliş Davlat komissiyasi tomonidan röyxatga kiritilişi töğrisidagi masala körib çiqiladi», – deydi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş Davlat markazi Narkotiklar nazorati qömitasi raisi Ismatjon Azizov.