Tatariston poytaxti Qozonda Özbekiston boş konsulligi oçildi. Uning javobgarligi ostida Volgaböyi federal okrugining 14 ta regioni böladi.

Konsullik Suvar Plaza savdo-ofis markazida oçilgan. Uning oçilişida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadov iştirok etişgan.

“Men şu munosabat bilan qabul qiluvçi tomondan boş konsulligimiz faoliyatini taşkillaştirişda biz his qilayotgan doimiy kömak uçun juda minnatdorman va konsullik özaro munosabatlarimizning yanada rivojlanişi uçun xizmat qilişiga umid bildiraman hamda biz bu yerda yaşaydigan, işlaydigan fuqarolarimizga körsatiladigan konsullik xizmatlari sifatini yaxşilaymiz”, deb aytgan Botirjon Asadov. 

Özbekiston elçisi konsullik “madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga ham xizmat qilişini” qöşimça qilgan.

Tataristondagi boş konsullikka Fariddin Nasriyev rahbarlik qiladi.