Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda namoyishchilar g‘alaba qozondi - hukumat Xitoyga ekstraditsiya haqidagi qonunni bekor qildi
Hongkong hukumati davomli norozilik aksiyalariga sabab bo‘lgan Xitoy xalq respublikasining jinoyatga qo‘l urishda gumonlangan shaxslarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rovlarini qondirish yuzasidan Hongkong Qonunchilik kengashi tomonidan tayyorlanayotgan qonun loyihasini to‘xtatdi.
South China Morning Post nashri ma'lumotiga ko‘ra, Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lem ekstraditsiya to‘g‘risidagi tuzatishlarni ko‘rib chiqish noma'lum muddatga to‘xtatilganini e'lon qilgan.

Yangi tuzatishlar ekstraditsiya bo‘yicha kelishuv bo‘lmagan davlatlarga ham, jumladan Xitoyning materik qismiga, jinoyatlarda gumonlangan shaxslarni topshirishni ko‘zda tutardi. Bu o‘zgarishga qarshi chiqqanlar, agar bu qonun qabul qilinsa, bu rasmiy Pekin siyosatidan norozi bo‘lgan faollarga ham nisbatan qo‘llanishi va ko‘plab begunoh kishilar Xitoyga olib ketilib, qiynoqlarga solinishidan xavfsirashgandi.
So‘nggi bir necha kun mobaynida hongkongliklar namoyishlar uyushtirishdi, yuz minglab kishilar ko‘chalarga chiqdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik namoyishlarga aylandi. Namoyishchilar hukumat binolarini o‘rab olishdi va politsiya bilan to‘qnashuvlar kelib chiqdi.


1841 yildan 1997 yilga qadar Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Hongkong «bir mamlakat, ikki tizim» tamoyili asosida Xitoydan mustaqil qonunchilik va iqtisodiy tizim hamda o‘z valutasiga ega. Shuningdek, Hongkong fuqarolarining ma'lum huquq va erkinliklari, jumladan, so‘z erkinligi va mitinglar o‘tkazish huquqi kafolatlangan.
Mavzuga oid
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026