Dunyoda har yili insultdan bir neça million kişi vafot etadi, özingizni bu kasallikdan uzoqroq saqlaş uçun tavsiyalarimizga e'tiboringizni qarating.

Faqat AQŞning özida har 40 soniyada kimdir insultni boşidan ötkazadi. Özbekistondagi statistika natijalari ham quvonarli emas – «zarba» (lotinça insultus) qurbonlari yiliga bir neça ön ming kişini taşkil etadi.

Insult nima özi

Miyadagi qon aylaniş tizimida kelib çiqqan jiddiy (keskin) muammo insult deb ataladi. Sabablari turli xil uzilişlar bölişi mumkin. Birgina miyaga qon quyilişi kasallikning barça turlariga omil hisoblanmaydi — bu körinişi gemorragik insult deb nomlanadi. Qon oqimini tösuvçi tromblar hosil bölişi işemik insultni keltirib çiqaradi.

Ikki holatda ham insult yaxşi yakun topmaydi. Birinçisida yiğilgan qon asab tolalariga bosim ötkazadi va ular işlaşdan töxtaydi. Işemik insultda miya hujayralariga kerakli oziq va kislorod yetib bormasligi natijasida ular nobud böladi.

Miyaning qaysi qismi zararlansa, u iştirok etuvçi nevrologik funksiya ham işdan çiqadi. Kimdir nutq qobiliyatini yöqotadi. Kimdadir qisman yoki töliq falajlik yuzaga keladi. Nafas olişga tösqinlik qiluvçi muammolar ham kimningdir boşidan ötişi mumkin. Yana kimdir vafot etadi.

Statistika ma'lumotlari köra: insultga uçraganlarning 31 foizi alohida e'tiborga muhtoj bölib qoladi, 20 foiz bemorlar mustaqil yura olmaydi, faqatgina 8 foiz holatlarda reabilitatsiya jarayonidan odatiy hayot tarziga qaytiş kuzatiladi. 

Eng açinarlisi insult xavfini oldindan taxmin qiliş muşkul. Uni bekorga zarba deb ataşmagan: ötkir miya buzilişlari tösatdan va tez rivojlanadi. Köpinça heç qanday alomatsiz: hozirgina kulib, hazillaşib turgan odamga 2 daqiqadan söng tez yordam çaqirişlari mumkin.

Xavf guruhida kimlar bor

Ba'zi odamlarning insult çaliniş ehtimoli qolganlarga nisbatan yuqoriroq. Ular orasida quyidagilar köp uçraydi:

  • qon bosimidan (gipertoniya) aziyat çekuvçilar (eng keng tarqalgan);
  • yuragi xastalar (masalan, yurak yetişmovçiligi yoki aritmiya ya'ni yurakning tez urişi);
  • qandli diabeti bor kişilar (diabet tomirlarni zararlantiradi va boş miyada qon quyilişi xavfi ortadi)
  • ortiqça vaznlilar;
  • ma'lum bir dori vositasini qabul qiluvçilar, (masalan, estrogen miqdorini özgarişiga sabab böluvçi preparatlar);