Qaysi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi? Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali ma'lumot beradi.

Quyidagi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:

— nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;

— uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;

— harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;

— talabalar va pedagoglarning bolalari;

— yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

— boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;

— akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.

Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.