Özbekistonning Samarqand, Namangan va Urganç aeroportlari boşqaruvi «Novaport» kompaniyasiga ötişi töğrisidagi xabarlar paydo bölib, memorandum imzolangani haqidagi axborotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va turli-tuman fikrlarga sabab böldi. Respublika Transport vazirligi şu munosabat bilan qaraşini hamda aeroportlarning nima uçun ayni kompaniyaga berilişiga doir qaraşlarini ma'lum qildi. 

Transport vazirligi bayonotida aytilişiça, sönggi yillarda Özbekistonda fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş, havo kemalari parkini bosqiçma-bosqiç yangilaş, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta'minlaş, aeroportlar infratuzilmasini, havodagi harakatni boşqariş tizimini va malakali mutaxassislar tayyorlaşni takomillaştiriş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda.

Şunga qaramay, mamlakat fuqaro aviatsiyasining jahon aviataşişlar bozorida raqobatbardoşligini ta'minlaş va uşbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qiliş, sohaning tarmoq korxonalari moliyaviy barqarorligi va rentabelligini ta'minlaş imkonini beruvçi menejmentning zamonaviy tizimini joriy etiş masalalarida qator tizimli kamçiliklar saqlanib turibdi.

Şu bilan birga, aeroportlar ekspluatatsiyasi va iş faoliyatini ta'minlaş doimiy ravişda katta miqdordagi investitsiyalar kiritilişini talab etadi. Aeroport infratuzilmasini rivojlantiriş, jumladan yölovçi terminallari, uçiş – qöniş yölaklarini quriş va rekonstruksiya qiliş, yoritiş va signal çiroqlari qurilmalarini modernizatsiya qiliş, maxsus texnikalarni xarid qiliş, havo kemalari, yölovçilar va yuklarga xizmat körsatiş jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etiş katta sarf-xarajatlarni talab etadi.

Hozirgi kunda fuqaro aviatsiyasi boşqaruv tizimi, şu jumladan yerdagi infratuzilmadan foydalaniş xizmat körsatişning jahon standartlariga javob bermasligi, reyslarga körsatilayotgan xizmatlarning yetarli darajada emasligi, asosiy işlab çiqariş faoliyatidan tuşadigan daromadlarning pastligi mamlakatimizdagi ayrim aeroportlarning norentabelligiga sabab bölmoqda. Bu kabi aeroportlarning iş faoliyatini ta'minlaş davlat budjetidan katta miqdordagi mablağ ajratilişini talab etmoqda.

Jahon Banki ekspertlar guruhining fikriça aeroportlar ötkazuvçanlik qobiliyatining çeklanganligi va infratuzilma sarf-xarajatlarining yuqoriligi parvozlar narxining qimmatlaşuviga sabab bölmoqda, bu esa öz navbatida xorijiy aviataşuvçilarning Özbekiston aviabozoriga kiriş imkoniyatlarini çeklamoqda.
Jumladan, Termiz xalqaro aeroporti uçiş-qöniş yölagining xalqaro talablarga mutlaqo javob bermasligi xorijiy aviakompaniyalarning mazkur aeroportga parvozlarni amalga oşirişiga tösiq bölmoqda.