1994 yilda braziliyalik fotojurnalist Sebastyan Salgado Ruandadagi qatliom dahshatlarini suratga olib, uyiga qaytdi. U Braziliyadagi o‘zi tug‘ilgan Minas-Jyerays hududidagi cheksiz o‘rmonlarda xotirjamlikda yashab o‘ziga kelmoqchi bo‘ldi.

Ammo u bu yerda ko‘rganidan dahshatga tushdi: bir necha yil ichida yam-yashil va jonivorlarga boy bo‘lgan o‘rmon qurigan daryolar qolgan tashlandiq yerga aylangan, bu yerdagi yovvoyi tabiatdan asar ham qolmagandi.
Bir paytlar o‘rmon bo‘lgan yerning atigi 0,5 % hududidagina daraxtlar qolgandi.

Shunda uning turmush o‘rtog‘i Leliya bir taklif bilan chiqdi. U o‘rmonni avvalgi holiga qaytarish uchun harakat qilishlari kerakligini aytdi. Sebastyan uni qo‘llab-quvvatladi va oila ilgarigi o‘rmon hududiga daraxt ekib chiqishga qaror qildi.
Salgadolar dastlabki urug‘larni 1998 yilda ekishdi, ammo bunday ulkan hajmdagi ish uchun ikki kishi kamlik qilardi. Maydoni 1 754 akr bo‘lgan o‘rmonni tiklash uchun ular 24 kishini yollashdi.


Shu bilan birga Sebastyan bu loyihani moliyalashtiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlarni ham izladi. O‘z missiyasiga boshqalarning e'tiborini tortish uchun oila Instituto Terra ekologik tashkilotini tuzdi.

1998 yildan buyon ular 293 turdagi 4 mln tupdan ortiq daraxt o‘tqazishdi va 1 502 akr tropik o‘rmon tiklandi. Tashlandiq yerga aylanib qolgan hudud ilgarigi holiga qaytdi.



















