7-9 soat davomidagi soğlom uyqu qon bosimini tuşirişning eng odddiy usuli hisoblanar ekan. Bunday xulosaga Arizona universiteti olimlari kelişdi.

Mutaxassislar örta yoşi 45 ni taşkil qilgan 300 kişi iştirokida tadqiqot ötkazişgan.

Tajribaning barça iştirokçilariga ularning qon bosimini har 45 daqiqada ölçovçi qurilmalar berilgan. Köngillilarga tungi vaqtga ularning uyqu fazalarning samaradorligini baholaş uçun maxsus brasletlar berilgan.

Aniqlanişiça, kam yoki yomon uxlaganlarda ertalab sistolik (yuqori) bosim oşgan. Şu bilan birga yuqori qon bosimi bilan uyquga ketib, yaxşi uxlaganlar ertalab yaxşi holatda uyğonganlar.

Olimlar barça ma'lumotlarni tahlil qilib, umumiy holatni yaxşilaş uçun 7 soatdan 9 soatgaça uxlaş kerakligini hisoblab çiqişgan. Uyquga esa 23:00dan keyin ketmaslik ma'qulroq ekan.

Bundan taşqari, mutaxassislar maksimal qoronğilikda, barça gadjetlarni öçirib va pardalarni yopib uxlaşga çaqirişgan.